Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada neyrotarmoq orqali yalang‘och dipfeyklar yaratish taqiqlandi

Rossiyada neyrotarmoq orqali yalang‘och dipfeyklar yaratish taqiqlandi

Moskva sudi rossiyaliklarning suratlaridan sun’iy intellekt yordamida yalang‘och tasvirlar yaratishni taqiqladi.

Roskomnadzor tekshiruvi davomida foydalanuvchilarga haqiqiy fotosurat asosida yalang‘och yoki pornografik tasvirlar yaratish imkonini beruvchi sayt aniqlangan.

Saytda hatto foydalanuvchilarni boshqa odamlarni sun’iy intellekt yordamida «echintirishga» undaydigan shior ham qo‘llangan.

Roskomnadzorning ta’kidlashicha, sayt rossiyaliklarning shaxsiy hayoti, shaxsiy va oilaviy sirlari daxlsizligiga oid huquqlarini buzgan. Shuningdek, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligi olinganini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud bo‘lmagan.

Shundan so‘ng idora sudga murojaat qilgan. Moskva sudi esa saytda rossiyaliklarning foto va videolarini joylashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt orqali ular ishtirokida yaratilgan materiallardan foydalanishni qonunga xilof deb topgan.

Avvalroq Bryanskda voyaga yetmagan tanish qiz ishtirokida neyrotarmoq orqali yaratilgan pornografik materiallarni tarqatgan o‘smirga nisbatan shartli ikki yillik jazo tayinlangani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 16:56 08.10.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!