Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada neftni qayta ishlash hajmi 3 foizga kamaydi

Rossiyada neftni qayta ishlash hajmi 3 foizga kamaydi

Ukraina dronlari tomonidan amalga oshirilgan zarbalarga qaramay, Rossiyada 2025 yilda neftni qayta ishlash umumiy hajmi atigi 3 foizga pasaygan. Bu haqda Reuters neft sanoatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, bunday natija Rossiya neftni qayta ishlash zavodlarining zaxira quvvatlarini ishga tushirgani bilan izohlanadi. Zaxira quvvatlari ishlab chiqarishda keskin pasayishga yo‘l qo‘ymaslikka va dron zarbalari keltirgan zararni qisman qoplashga imkon bergan.

Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil davomida Ukraina dronlari Rossiyadagi kamida 17 yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba bergan. Zarbalar asosan 2025 yil boshida kuzatilgan, avgust oyida esa yanada faollashgan.

Kiritildi: 22:15 14.11.2025. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!