Bir necha daqiqa avval O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyani yengib (1:1, pen - 4:3) nimchorak finalga yo‘l oldi.
Islombek Ismoilov shogirdlari endi 18 noyabr kuni Italiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Vaqti hozircha noma’lum.
Aynan o‘sha kuni Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi «Al-Ain Cup» turnirida Eronga qarshi finalda maydonga tushadi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00'da start oladi.
Ikkala jamoamizga ham bu o‘yinlarda chin dildan omad tilab qolamiz.