Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Ronaldu uyalishi kerak»

«Ronaldu uyalishi kerak»

A Bola nashri jurnalistlari Portugaliya terma jamoasi yulduz markaziy hujumchisi Krishtianu Ronalduning JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Irlandiyaga qarshi o‘yindagi qizil kartochkasiga munosabat bildirdi.

40 yoshli hujumchi raqibiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

"Krishtianu nafaqat tajovuzkorlik qildi, balki hafsalasi pir bo‘lgan paytda o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Uning reaksiyasi dahshatli edi. U nohaq chetlatilgandek, muxlislarga qarsak chaldi. U bunday xatti-harakatlari uchun uyalishi kerak", - deyiladi Portugaliya nashri xabarida.

Ronaldu ikkinchi bo‘lim boshida maydondan chetlatildi. Portugaliya terma jamoasi safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Kiritildi: 16:32 15.11.2025. O'qildi: 1377 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!