Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlar yaqin vaqt ichida to‘xtashini aytdi

Tramp Ukrainadagi harbiy harakatlar yaqin vaqt ichida to‘xtashini aytdi

"Umid qilamanki, tez orada bu urushga barham beriladi. So‘nggi bir oy ichida har ikki tomondan 25 ming nafar harbiy halok bo‘lgan, taxminan teng miqdorda", — dedi AQSh prezidenti GB News telekanaliga bergan intervyusida.

U muammoning yanada tezroq hal bo‘lishiga umid qilganini tan oldi va janglarning davom etayotgani jahlini chiqarayotganini aytdi.

"Men prezident Putin bilan juda yaxshi munosabatlarga egaman deb o‘ylagandim. Shu sababli, urushni to‘xtatish oson bo‘ladi deb o‘ylagandim", — dedi Oq uy rahbari.

Shuningdek, Tramp AQSh Hindiston hamda boshqa bir qator davlatlarga Rossiya neftini xarid qilishni kamaytirish uchun bosim o‘tkazayotganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 14:54 15.11.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!