Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada migrantlarga rus tilidan og‘zaki imtihon joriy etilishi mumkin

Rossiyada migrantlarga rus tilidan og‘zaki imtihon joriy etilishi mumkin

Migrantlar uchun rus tilini bilish bo‘yicha og‘zaki sinov 2026 yildan boshlanishi mumkin. Bu haqida Rosobrnadzor rahbari Muzayev RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Ishchi guruh tuzilgan, faol ish olib borilmoqda. Komissiya faoliyatini muhokama qilish va og‘zaki sinovni joriy etish bo‘yicha qaror kelgusi yil boshidanoq qabul qilinishi mumkin”, — dedi Muzayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada til imtihonlarini og‘zaki shaklda o‘tkazish texnologiyasi mavjud. Bu jarayonni tez va samarali tashkil etish uchun mutaxassislarni jalb qilish va baholash tizimi bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:25 25.06.2025. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!