Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni chet el agenti vazifasini bajarishdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab, sirtdan hibsga oldi.
Bu haqda sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari aniqlaganidek, Dud xalqaro qidiruvga berilgan.
"Moskva shahri Basmanniy tuman sudi qarori bilan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan Yuriy Aleksandrovich Dudga nisbatan Rossiya Federasiyasi hududiga ekstradisiya qilingan paytdan e’tiboran yoki Rossiya Federasiyasi hududidan hibsga olingan kundan e’tiboran ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi belgilandi" - deyiladi sud bayonotida.