Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiyada ishlash uchun fuqarolarimizning navbatdagi guruhi jo‘nab ketdi

Rossiyada ishlash uchun fuqarolarimizning navbatdagi guruhi jo‘nab ketdi

Bugungi kunda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan mehnat migrantlarining ular bo‘lib turgan xorijiy mamlakatlardagi pandemiyadan nisbatan kamroq zarar ko‘rgan boshqa soha va hududlariga ish topishiga ko‘maklashish va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu haqda Migrasiya agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan, Agentlik va Rossiya Federasiyasi ish beruvchilari o‘rtasida pandemiya davrida O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta’minlash maqsadida olib borilgan muzokaralar natijasida Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida 4 mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, ularga O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ayni paytda ishlash istagidagi fuqarolar zavod qurilishi uchun bosqichma-bosqich jo‘natilmoqda. Navbatdagi 287 nafar fuqaro bugun ishlash uchun charter reys orqali uchib ketdi.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.

Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi, shuningdek, oylik ish haqi o‘rtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Ta’kidlash joiz, joriy yilning 31 iyul kuni 144 nafar, 12 avgust kuni 84 nafar fuqarolarimiz aynan mazkur zavod qurilishida ishlash uchun tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan edi.

Kiritildi: 23:16 30.08.2020. O'qildi: 3362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!