Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘mak berildi

Rossiyada hujjatlarini yo‘qotgan shaxslarning O‘zbekistonga qaytishiga ko‘mak berildi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migrasiya agentligi vakolatxonasi xodimlari ko‘magida Rossiyaning Tiva Respublikasida vaqtincha ishlayotgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, o‘zbekistonliklar yashab kelgan joyda sodir bo‘lgan kuchli yong‘in oqibatida ularning hujjatlari, shu jumladan, pasportlari yo‘qolgan.

Diplomatlar tomonidan to‘rt nafar yurtdoshimizning O‘zbekistonga qaytishi uchun guvohnoma va boshqa zarur hujjatlar tezkorlik bilan rasmiylashtirilgan.

Migrasiya agentligi vakolatxonasi tomonidan esa "Novosibirsk-Toshkent" yo‘nalishi parvoz qiladigan samolyotga chipta xarid qilingan. Ular shu 2025 yil 25 yanvar kuni Toshkentga kuzatib qo‘yilgan.

Kiritildi: 17:42 26.01.2025. O'qildi: 614 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!