Duma spikeri Volodinning so‘zlariga ko‘ra, rus tili davlat tili maqomini olgan davlatlarning haydovchilik guvohnomasigina Rossiyada tan olinadi.
Hozircha Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston fuqarolari haydovchilik guvohnomalari bilan Rossiyada harakatlansa bo‘ladi.
Qolgan mamlakatlar, jumladan o‘zbekistonliklar ham alohida imtihon topshirgan holda rus guvohnomasini olishi kerak bo‘ladi.
Volodinning so‘zlariga ko‘ra, rus tilini bilish Rossiyada xorijiy haydovchilik guvohnomalarini tan olishda asosiy masala hisoblanadi.
Bunga misol tariqasida Volodin Rossiya hukumati tomonidan taklif qilingan Armaniston fuqarolarining haydovchilik huquqini tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini keltirdi. Ushbu qonun loyihasi Davlat dumasida qo‘llab-quvvatlanmadi, chunki u yerda rus tili Belarus va Qirg‘izistondagi kabi rasmiy til emas.