Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya yangi Suriya bilan til topishdi

 Rossiya yangi Suriya bilan til topishdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya delegasiyasining yanvar oyidagi Suriyaga tashrifining ijobiy natijalarini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Damashqning yangi rahbariyati mamlakatlar o‘rtasida tarixan shakllangan strategik munosabatlarni saqlab qolish muhimligini tasdiqlaydi.

«Hozir ular uchun asosiy masalalardan biri Liviya stsenariysi takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik aniq, chunki NATO agressiyasi natijasida mamlakat o‘z davlatligini yo‘qotib, bo‘lingan va o‘zini tiklay olmay qolgan», - deya ta’kidladi Lavrov.

28 yanvar kuni Rossiya Federasiyasi Prezidentining maxsus vakili Mixail Bogdanov boshchiligidagi idoralararo delegasiya Suriyaga tashrif buyurdi. Shundan so‘ng, 12 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Suriya o‘tish davri hukumati rahbari Ahmad al-Shara o‘rtasida birinchi telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va avval tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bloomberg agentligining yozishicha, Moskva Suriyaning yangi hukumati bilan mamlakatda harbiy xizmatchilar va texnikaning bir qismini saqlab qolish imkonini beruvchi kelishuv tuzishga yaqin turibdi. Bu Asad rejimi qulagandan keyin Rossiya rahbariyati uchun asosiy yutuq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 21:41 19.02.2025. O'qildi: 1653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!