Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh yetakchisi Donald Trampning Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning tahdidlariga javoban Qo‘shma Shtatlarning ikkita atom suvosti kemasini "tegishli mintaqalarga" yuborgani haqidagi bayonotiga izoh berdi.
"Umuman olganda, bunday munozaraga aralashgimiz kelmaydi va bu borada hech qanday izoh bermoqchi emasmiz. Rossiya yadroviy qurollarning tarqatilmasligi masalasiga o‘ta jiddiy yondashadi va biz barcha tomonlar yadroviy ritorikada juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz", — deya munosabat bildirdi Peskov.