Rossiya Moskvaning shimoli-g‘arbida joylashgan hududda Yars qit’alararo ballistik raketalari bilan jihozlangan bo‘linmaning jangovar tayyorgarligini tekshirmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, sinovda Tver viloyatidagi bo‘linma Yars raketalarini 100 km masofaga yashirin holda harakatlantirish, ularni havo hujumlari va dushman sabotaj guruhlaridan himoya qilish bo‘yicha mashq qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yars raketasi siloslarda joylashtirilishi yoki mobil tashuvchilarga o‘rnatilishi mumkin. U 11 000 kilometrgacha masofani bosib o‘tishga qodir bo‘lib, ko‘p yadroli jangovar kallaklarni yetkazib berish imkoniyatiga ega.