Xorijiy brendlarning qaytishi raqobat asosida bo‘ladi, dedi Rossiya Sanoat va savdo vazirligi.
Har bir kompaniyaning Rossiya bozoriga qaytishini alohida ko‘rib chiqish kerak. O‘tgan davr mobaynida mahalliy kompaniyalar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi va chet ellik raqobatchilarning ketishi natijasida bo‘shagan joylarni egalladi. Biz uchun mahalliy kompaniyalar manfaatlari va ichki bozorni himoya qilish, ustuvor vazifa hisoblanadi, deyiladi vazirlik bayonotida.
2022 yilda maxsus operasiya boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari bosim o‘tkazishi oqibatida aksariyat xorijiy brendlar Rossiya bozorini tark etgan edi.