Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Husiylar Tel-Avivga zarba berdi

Husiylar Tel-Avivga zarba berdi

Yamanning "Ansor Alloh" harakatiga mansub husiylar tomonidan tashkil etilgan qurolli kuchlar Tel-Avivdagi harbiy ob’ektga zarba berdi va Qizil dengizdagi AQSh aviatashuvchi guruhiga pilotsiz uchuvchi apparatlar yordamida hujum uyushtirdi.

Yahyo Saria shunday ma’lumot berdi.

"Qurolli kuchlarimiz Tel-Aviv hududidagi Isroil harbiy ob’ektiga "Yaffo" turidagi pilotsiz uchuvchi apparat yordamida zarba berish operasiyasini amalga oshirdi," - dedi Saria.

"Ansor Alloh" harbiy vakilining ta’kidlashicha, isyonchilar Qizil dengizning shimoliy qismida Garri Truman aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari aviatashuvchi guruhiga kiruvchi bir qator kemalarga ham hujum qilgan. Sarianing aniqlik kiritishicha, zarbalar pilotsiz uchuvchi apparatlar yordamida berilgan.

15 mart kuni AQSh prezidenti Donald Trampning buyrug‘i bilan Yaman hududining qariyb uchdan birini nazorat qilayotgan husiylarning ob’ektlariga hujum boshlandi.

Kiritildi: 20:44 09.04.2025. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!