Yangi qonun RF fuqarolari xorijiy sudlar tomonidan hibsga olinganda yoki ta’qib qilinganda Qurolli kuchlarni jalb qilish imkonini beradi.
Rossiya parlamenti RF fuqarolarini xorijiy va xalqaro sudlar tomonidan hibsga olish yoki ta’qib qilish holatlarida ularni himoya qilish uchun qurolli kuchlardan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.
Hujjat ikkinchi va uchinchi o‘qishdayoq ma’qullandi.
Qonunga ko‘ra, Rossiya prezidenti rossiyaliklarni himoya qilish uchun, agar ularga nisbatan sud qarorlari Rossiya tomoni ishtirokisiz qabul qilingan bo‘lsa, armiyani jalb qilishi mumkin.
Shuningdek, prezident qaroriga asosan davlat organlari RF fuqarolarini xorijda himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishi ham nazarda tutilgan.
Tashabbus Rossiya hukumati tomonidan 2026 yil mart oyida kiritilgan edi. Prezident imzolagandan so‘ng qonun rasman e’lon qilinganidan keyin o‘n kun ichida kuchga kirishi kutilmoqda.