Rossiyaning ko‘zga ko‘rinmas qiruvchi samolyoti payshanba kuni Hindistonga yetib keldi. Moskva Xitoyning geosiyosiy raqibi bo‘lmish Nyu-Dehliga ushbu zamonaviy qiruvchi loyihasi bo‘yicha hamkorlik taklif etishga tayyorlanmoqda.
Rossiya Hindistonga qurol-yarog‘ yetkazib beruvchi asosiy davlat bo‘lib, 2019-2023 yillarda Hindiston qurol importining 36 foizini ta’minlagan. Bundan tashqari, Nyu-Dehli Moskvadan neft xarid qilishni davom ettirdi va Rossiya-Ukraina urushi davomida eng yirik importchi sifatida Xitoyni ortda qoldirdi.
Hindistonning Rossiyaning yarim ittifoqchisi hisoblangan Xitoy bilan shimoliy chegarasida nizoli hududlari mavjud. Janubdagi Hind okeanida esa Hindiston harbiy-dengiz kuchlari o‘z mavqeini mustahkamladi, chunki Pekin dengiz faoliyatini kengaytirmoqda. Nyu-Dehli bu mintaqani hayotiy ahamiyatga ega hudud deb biladi.
Rossiyaning "TASS" davlat axborot agentligi Hindiston harbiy-havo kuchlaridagi manbasiga tayanib xabar berishicha, radarga sezdirmaydigan Su-57E qiruvchi samolyoti Hindistonning janubidagi Bengaluru (ilgarigi nomi Bangalor) shahriga 2025 yilda o‘tkaziladigan Aero India aErokosmik va mudofaa ko‘rgazmasi uchun qo‘ngan.
Su-57 Rossiyaning xizmatdagi birinchi yashirin texnologiyada ishlab chiqarilgan harbiy samolyoti bo‘lib, uning Su-57E eksport versiyasi mavjud. Su-57 prototipidagi ikkita samolyot o‘tgan yilning noyabr oyida Xitoyda bo‘lib o‘tgan havo ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan, biroq ular sifatsiz ishlangani va yomon holati uchun tanqid qilingan.
Xabarga ko‘ra, Rossiyaning "Rostex" davlat mudofaa korporasiyasi Moskva Hindistonga Su-57E loyihasi bo‘yicha "to‘liq hamkorlik" taklif qilishga tayyor ekanligini bildirgan.
Takliflar orasida tayyor samolyotlarni yetkazib berish va Hindistonda qo‘shma ishlab chiqarish masalalari bor edi. Shuningdek, xabarda aytilishicha, Rossiya Hindistonga Amerikaning F-22 va F-35 hamda Xitoyning xizmatdagi J-20 samolyotlari kabi o‘zining yashirin beshinchi avlod qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqishda yordam berishi aytilgan.