Rossiya, Xitoy va Eronning doimiy vakolatxonalari Eron yadro dasturi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha navbatdagi maslahatlashuvlar raundini o‘tkazdi.
Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili Mixail Ulyanov ma’lum qildi.
"Xitoy, Eron va Rossiyaning doimiy vakolatxonalari Eron yadro dasturiga oid masalalar bo‘yicha navbatdagi uch tomonlama maslahatlashuvlar raundini o‘tkazdi", — deb yozdi u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.