Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya, Xitoy va Eron Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Rossiya, Xitoy va Eron Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi

Rossiya, Xitoy va Eron 15-19 mart kunlari Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligiga tayanib, RIA Novosti yozmoqda.

“Rossiya, Xitoy, Eron va boshqa davlatlar Qurolli kuchlari kelishuvlariga muvofiq, Xitoy, Eron, Rossiya va boshqa mamlakatlar harbiy-dengiz kuchlari Ummon ko‘rfazida 15 martdan 19 martgacha “Dengiz xavfsizlik kamari-2023” qo‘shma harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazadi”, — deyiladi xabarda.

Fevral oyi oxirida Hind okeanida Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrikaning qo‘shma harbiy-dengiz manyovrlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar uch kun davom etdi, qurolli kuchlar tomonidan dengiz nishoniga artilleriyadan o‘q uzildi, qo‘lga olingan kemani garovdagilar bilan ozod qilish, dengizda halokatga uchragan kemaga va suvda suzib yurgan shaxsiy tarkibga yordam ko‘rsatish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kiritildi: 16:06 15.03.2023. O'qildi: 1414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!