Rossiya, Xitoy va Eronga tegishli harbiy-dengiz kuchlari mart oyining birinchi yarmida Ummon ko‘rfazida, Eronning Chobahor porti yaqinida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Eronning Mehr axborot agentligi ham bunday mashg‘ulotlar rejalashtirilayotganini tasdiqladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv harbiy mashg‘ulotlari 11 mart kuni boshlanadi. Unda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi harbiy kemalari, shuningdek, Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz flotiga tegishli jangovar va yordamchi kemalar ishtirok etadi.
Rossiya, Xitoy va Eron ushbu formatdagi qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni 2019, 2022, 2023 va 2024 yillarda ham o‘tkazgan.