Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Xitoy josusligidan qo‘rqadi - TNYT

Rossiya Xitoy josusligidan qo‘rqadi - TNYT

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin bir-biriga cheksiz do‘stlik haqida og‘zaki qasamyod qilishsa-da, sahna ortidagi manzara boshqacha va Rossiya maxsus xizmatlari Xitoy razvedkasining Rossiyada faolligi oshib borayotganidan jiddiy xavotirda, deb yozadi The New York Times FSB hujjatiga tayanib, ehtimol xakerlar qo‘lga kiritgan. Hujjatda bir nechta fikrlar mavjud.

◾️Xitoy razvedkachilari Ukrainadagi urushning borishini diqqat bilan kuzatib, tahlil qilib, xulosalar chiqarishmoqda. Rossiya FSB Xitoy Rossiya Federasiyasiga nisbatan hududiy da’volar qilishga tayyorlanayotganidan xavotirda.

◾️Shu bilan birga, Xitoy razvedka xizmatlari geologik qidiruv operasiyalari va ilmiy tadqiqotlar niqobi ostida Arktikada josuslik qilmoqda.

◾️Xitoy Rossiyada Kremlga aloqador amaldorlar, ekspertlar, jurnalistlar va biznesmenlar orasidan agentlarni yollashga harakat qilmoqda.

◾️Xitoy ham Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda o‘z ta’sirini kuchaytirmoqda, bu esa Rossiya manfaatlariga tahdid solmoqda.

Kiritildi: 15:45 08.06.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!