Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya xayolparastlar va shamollaganlardan tezroq qutulishi kerak – Alisher Qodirov

Rossiya xayolparastlar va shamollaganlardan tezroq qutulishi kerak – Alisher Qodirov

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatchisi Anton Kobyakov sobiq Sovet Ittifoqi haqida bahsli bayonot bilan chiqish qilib, SSSR huquqiy jihatdan hali ham qayerdadir mavjudligi, chunki uni tarqatish tartibi konstitusiyaviy jihatdan to‘liq bajarilmaganini iddao qilgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Rossiya shamollaganlar va hayolparastlaridan tezroq qutilishi kerakligini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Deputat o‘z postiga 1990 yilda qabul qilingan 1409-I sonli 20 moddadan iborat SSSR qonunining 2-moddasini ilova qilgan hamda u o‘zbek xalqining ushbu qonunga muvofiq SSSRdan ajralib chiqishga qaror qilganini yozgan.

“O‘zbek xalqi 1990 yilda qabul qilingan 1409-I sonli SSSR qonunining 2-moddasiga muvofiq, SSSRdan ajralib chiqishga qaror qilgan va kim istasa, istaganicha muhokama qilishi mumkin, bu qaror to‘g‘ri va o‘zgarmas!” deya yozgan Qodirov.

Shuningdek, u Rossiya Anton Kobyakov singari shaxslardan tezroq qutilishi lozimligini aytgan.

“Rossiya esa shamollaganlar va hayolparastlaridan tezroq qutulishi kerak. Bu dard gazak olib, tobora og‘ir oqibatlardan darak bermoqda”, deya ta’kidlaydi deputat.

Shu bilan birga, fraksiya rahbari ayni paytda hududida urush ketayotgan Ukrainaning g‘arb davlatlariga tayanib ish ko‘rayotganini tanqid qilgan.

“Ukraina egoist, tarqoq va zaif g‘arbga tayanib xato qildi, lekin bir-biriga tayanayotgan Markaziy Osiyo, qolaversa, butun turkiy dunyoni hisobga olmaganlar xato qiladi”, deydi u.

Bundan tashqari, Alisher Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning fikrini qo‘llab-quvvatlashi, qalban rus dunyosiga taalluqli bo‘lganlar, hududi yetarlicha ko‘p bo‘lgan Rossiyada xotirjam va baxtli yashashlari kerakligini bildirgan.

Kiritildi: 17:47 22.05.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!