Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Chelyabinskdagi omborda Ukraina dronlarini yig‘ishda gumon qilib tintuv o‘tkazdi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Chelyabinskdagi omborda Ukraina dronlarini yig‘ishda gumon qilib tintuv o‘tkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilishicha, mazkur ombor Chelyabinsk markazidan atigi besh kilometr uzoqlikdagi sanoat zonasida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumda ishtirok etgan kamida ikki yuk mashinasi Chelyabinsk viloyatiga tegishli davlat raqamlariga ega bo‘lgan.

To‘rt nafar haydovchi allaqachon so‘roq qilingan. Ulardan kamida uchtasi Chelyabinskdan Rossiyaning turli hududlariga karkasli uylarni yetkazib berish bo‘yicha buyurtma olganini, ammo yo‘l davomida, belgilangan joylarda to‘xtaganlarida, yuk mashinalarining ichidan dronlar uchib chiqa boshlaganini aytgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinalari 37 yoshli Artyom ismli shaxsga tegishli bo‘lib, u Ukrainada tug‘ilgan. Ayni vaqtda Artyom qidirilmoqda.

Kiritildi: 14:44 02.06.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!