Rossiya xavfsizlik kuchlari Moskvadagi Britaniya elchixonasi qo‘riqchisini davlatga xiyonat qilishda gumon qilinib hibsga oldi.
Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.
45 yoshli Rossiya fuqarosi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) agenti bo‘lib chiqdi. "Apostol Dmitriy" taxallusi bilan tanilgan ukrainalik bloger Dmitriy Karpenkoning topshirig‘iga binoan u diplomatik missiyaning xavfsizlik tizimlari, u yerda o‘tkazilgan tadbirlar va elchixona xodimlari haqida ma’lumot to‘playotgan edi. SBU olingan ma’lumotlardan Britaniya elchisi va boshqa diplomatlarga qarshi terroristik hujumlar uyushtirish va keyin hamma narsada Rossiyani ayblash uchun foydalanishni rejalashtirgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, Naydjel Keysi hozirda Moskvadagi Buyuk Britaniya elchisi lavozimida ishlaydi.