Xabarlarga ko‘ra, "Naftogaz"ning Dnepr yaqinidagi ob’ektlariga ballistik raketalar bilan hujum qilindi. 19 may kuni ertalab Xarkov meri Igor Terexov shaharning Novobavarskiy va Xolodnogorskiy tumanlariga zarba beruvchi dronlar bilan hujum uyushtirilganini ma’lum qildi. Fuqarolik infratuzilmasi ob’ekti va turar joy binolarida yong‘in kelib chiqqan.
"Novobavarskiy tumaniga berilgan ikkita dushman zarbasi oqibatida uch kishi jabrlandi, 25 ta xususiy uy va bitta ko‘p qavatli bino u yoki bu darajada shikastlandi", — deb bayonot berdiTerexov.
"Uylardan biridan ikki kishi qutqarilgan, yana bir kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin", deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabariga ko‘ra, Xarkov viloyatining Pokotilovka qishlog‘iga dron zarbasi oqibatida 69 yoshli ayol halok bo‘lgan, yana uch kishi, jumladan bir bola yaralangan.
18 may kuni kechqurun Dnepropetrovsk viloyatidagi "Ukraina Naftogaz" ob’ektlariga uchta ballistik raketa bilan ham zarba berildi, deb ma’lum qildi milliy kompaniya boshqaruvi raisi Sergey Koreskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shikastlanish va vayrongarchiliklar bor, biroq xodimlar jabrlanmagan. O‘tgan haftada "Naftogaz"ning Poltava viloyatidagi infratuzilmasi ham ommaviy raketa zarbasiga uchragan edi.