Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya "Viloyat Xuroson" terrorchilariga qarshi kurashda Tolibonga yordam beradi

Rossiya "Viloyat Xuroson" terrorchilariga qarshi kurashda Tolibonga yordam beradi

Rossiya "Islomiy davlat"ning afg‘on qanoti hisoblangan "Viloyat Xuroson" terrorchilik guruhiga qarshi kurashda "Tolibon" harakatiga yordam berish niyatida.

Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tolibon "global jihod" mafkurasini targ‘ib qiluvchi "Viloyat Xuroson"ga faol qarshilik ko‘rsatmoqda.

"Bu guruh Rossiya uchun ham, Afg‘oniston uchun ham umumiy dushman", - deya ta’kidladi Kabulov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskva tegishli tuzilmalar orqali Tolibonga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.

Kiritildi: 21:46 02.05.2025. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!