Tokio va Seul bunga norozilik bildirdi.
"Janubiy Koreya va Yaponiya harbiylarining ma’lum qilishicha, Rossiya va Xitoyning strategik bombardimonchilari Osiyo–Tinch okeani mintaqasi ustida qo‘shma patrul parvozini amalga oshirgach, Seul va Tokio o‘z qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tarishga majbur bo‘lgan", deya yozmoqda nashr.
Janubiy Koreya Rossiyaning yettita va Xitoyning ikkita samolyoti o‘z havo hujumidan mudofaa zonasiga kirganini tasdiqladi. Seul Rossiya va Xitoyning harbiy attashelariga norozilik bildirdi, Yaponiya esa Moskvaga va Pekinga sodir bo‘lgan voqea yuzasidan o‘zining “jiddiy tashvishda ekanini” yetkazganini ma’lum qildi.
Yaponiya mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi X platformasida Yaponiya yaqinida ko‘rilgan samolyotlar suratlarini e’lon qilib, Rossiyaning yadro qurolini tashish qobiliyatiga ikkita Tu-95 strategik bombardimonchilari Yapon dengizi hududidan Sharqiy Xitoy dengizi tomon uchib o‘tganini ma’lum qildi. Ushbu hududda ularga Xitoyning ikkita H-6 bombardimonchisi bilan qo‘shilgan, shundan so‘ng Tinch okeani ustida “uzoq davom etgan qo‘shma parvoz”ni bajargan.
Yaponiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Okinava va Miyako orollari hududida bombardimonchilarga Xitoyning to‘rtta J-16 qiruvchi samolyoti qo‘shilgan
Bundan tashqari, Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Tokio Yapon dengizi ustida Rossiya harbiy-havo kuchlari faolligini ham qayd etgan, u yerda bitta A-50 uzoq masofali radarni aniqlash samolyoti va ikkita Su-30 qiruvchi samolyoti qayd etilgan.