Rossiya va Xitoy bu hafta uzoq kutilgan "Sibir kuchi 2" gaz quvuri bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamoqda. Ushbu quvur ikki davlat iqtisodiyotini bir-biriga bog‘laydi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bu masala Si Szinpin va Putin uchrashuvi kun tartibiga kiritilgan. Moskva anchadan beri XXR bilan ushbu bitimni tuzishga intilmoqda, chunki "Sibir kuchi 2" Rossiyaga yiliga qo‘shimcha 50 milliard kub metr gaz yetkazib berish, Xitoyga esa qimmatbaho suyultirilgan tabiiy gaz importini almashtirish imkonini beradi.
Maqolada ta’kidlanishicha, gaz quvuri bo‘yicha muzokaralar yillardan beri davom etib kelmoqda. Pekin hatto dastlabki kelishuvdan ham o‘zini tiyib kelayotgan bir paytda, Moskva muqarrar bitim haqida bir necha bor e’lon qilgan.