Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashishdi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
"23 iyul kuni 2 iyun kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, bir guruh rossiyalik harbiy xizmatchilar Ukraina hududidan qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining bir guruh harbiy asirlari o‘tkazildi", — deyiladi xabarda.
Harbiy departamentning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiy xizmatchilar Belarus Respublikasi hududida bo‘lib, ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Tez orada ular vatanlariga yetkaziladi.