Oq uy Financial Times (FT) gazetasida Rossiya va Ukraina bilan muzokaralar olib borayotgan Amerika vakillari jamoasida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni yolg‘on deb rad etdi.
Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Anna Kelli bu haqda ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Nima haqida gapirayotganini bilmaydigan anonim, past darajadagi manbalarga ishonib topshirilgan bu xabar mutlaqo yolg‘on. Bunday gap-so‘zlar bo‘lmayapti. AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushner tinchlik shartnomasi ustida astoydil ishlashda davom etmoqdalar va Prezidentning Qo‘shma Shtatlar nomidan muzokaralarni olib borishga to‘liq ishonchi bor", deyiladi bayonotda.
U shuningdek, Financial Times (FT)ning Oq uy maqolada keltirilgan ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgani haqidagi da’vosini yolg‘on deb rad etdi. Kellining so‘zlariga ko‘ra, material gazeta AQSh ma’muriyati matbuot xizmatidan tegishli so‘rovni olishidan oldin chop etilgan.