Suriyaning Moskvadagi elchixonasi «Izvestiya»ga ma’lum qilishicha, mamlakatlar o‘zaro savdoda milliy valyutalar – rubl va Suriya lirasida hisob-kitoblarga o‘tish masalasini muhokama qilmoqda.
«Suriya va Rossiya Markaziy banklari vakillari o‘rtasida barcha moliyaviy va tijorat operasiyalarida milliy valyutalarni qabul qilish masalasi bo‘yicha uchrashuvlar va maslahatlashuvlar davom etmoqda», — deyiladi elchixona xabarida.
Rossiya barcha hamkorlari, birinchi navbatda, Osiyo davlatlari bilan milliy valyutalarda to‘lovlarni o‘tkazishga intiladi.