Rossiya va Suriya aloqalarni rivojlantirishga tayyor Rossiya va Suriya iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga intilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin Kremlda Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa bilan uchrashuvda aytdi. Putinning ta’kidlashicha, Moskva va Damashq iqtisodiy hamkorlikda sezilarli ilgarilashga erishgan va ushbu ijobiy tendensiyani saqlab qolish muhim. Ash-Sharaa esa ikki davlat o‘rtasida muhokama qilish mumkin bo‘lgan masalalar ko‘pligini qayd etib, uchrashuv samarali bo‘lishiga umid bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Ahmad ash-Sharaa 2025 yil oktyabrda Rossiyaga ilk ishchi tashrifini amalga oshirib, Vladimir Putin bilan birinchi bor uchrashgan edi.