Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

Haydovchilik guvohnomalari soxtalashtirilganligi holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqalarga nisbatan tegishli moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuraturada tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov jarayonida, 8 ta viloyatda (Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo) 1 200 nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, soxta guvohnomalarni olgan fuqarolarning 455 nafari 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan, 9 nafari yo‘l transport hodisasi sodir etgani oqibatda, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 3 nafari vafot etgan.

Jinoyat ishining keng hajmliligi va murakkabligidan kelib chiqib Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzildi.

Hozirda soxta guvohnomalar va ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar to‘liq tekshirilmoqda, tergov harakatlari rejalashtirilgan tartibda davom etmoqda.

Barcha fuqarolarga shuni ma’lum qilamizki, haydovchilik guvohnomasini faqat qonunchilikda belgilangan tartibda olish lozim. Soxta hujjatlardan foydalanish qonun bilan taqiqlangan bo‘lib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 11:17. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!