Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Serbiya tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni yana uch oyga uzaytirdi

 Rossiya va Serbiya tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni yana uch oyga uzaytirdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilganini va Moskva Belgrad uchun qulay shartlarda gaz yetkazib berishda davom etishini ma’lum qildi.

Hozirda Serbiya har 1000 kubometr gaz uchun taxminan 320 dollar to‘lamoqda. Taqqoslash uchun, Yevropaning eng yirik gaz taqsimot markazida (Niderlandiya) xuddi shu hajmdagi yoqilg‘i narxi 663 dollardan oshgan.

Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv "moslashuvchan shartlar" asosida amalga oshiriladi va narx neft qiymatiga qarab belgilanadi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ushbu muloqot bo‘lib o‘tganini va energetika sohasidagi aloqalar davom etayotganini tasdiqlagan edi.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!