Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va Isroil BMTning mojaroli hududlarida jinsiy zo‘ravonlikka aloqador davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Rossiya va Isroil BMTning mojaroli hududlarida jinsiy zo‘ravonlikka aloqador davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

Nashrning yozishicha, Rossiya Qurolli kuchlari va ular bilan bog‘liq harbiy tuzilmalar BMTning mojaro hududlaridagi jinsiy zo‘ravonlik haqidagi yangi hisobotida ukrain harbiy asirlariga nisbatan sodir etilgan jinsiy zo‘ravonlikning ishtirokchilari sifatida tilga olingan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotni taqdim etish jarayonida, shuningdek, unda Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan falastinlik mahbuslarga nisbatan shunday harakatlar sodir etilgani haqida ishonchli ma’lumotlar borligini aytdi.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, Isroil haqidagi ma’lumot hisobot chop etilishidan bir necha kun oldin BMTga yetkazilgan.

Umuman olganda, BMT hisobotida qayd etilishicha, 2024 yilda butun dunyoda mojaro hududlarida jinsiy zo‘ravonlik holatlari 25 foizga oshgan. Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday harakatlar oqibatida kamida 4600 nafar inson jabrlangan. Jabrlanuvchilarning asosiy qismi ayollardir.

Kiritildi: 12:36 15.08.2025. O'qildi: 815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!