Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Rossiya va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik shartnomasi mudofaa va xavfsizlik sohasini qamrab oladi

Bu haqda Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoga tayanib, «TASS» xabar bermoqda. Biroq u hujjatning boshqa tafsilotlari haqida gapirmadi.

«Hujjat zamonamizning chaqiriqlari va talablariga javob beradi, Rossiya-Eron hamkorligining deyarli barcha joriy va istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, mudofaa va xavfsizlikni qamrab oladi», — dedi u.

Rossiya va Eron o‘rtasida keng qamrovli sheriklik shartnomasini ishlab chiqish 2022 yil boshida boshlangan.

Oktyabr oyi oxirida Davlat dumasi Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikasiya qilgan edi. Vladimir Putin va Kim Chen In 19 iyun kuni Pxenyanda imzolagan. WSJ gazetasi xabar berishicha, hujjatda Shimoliy Koreyaga Ukrainadagi urushga harbiy xizmatchilarni yuborishga ruxsat beruvchi maxfiy band mavjud.

Kiritildi: Bugun 06:38. O'qildi: 207 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!