Bugun 3 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiya va Eron prezidentlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya va Eron prezidentlari Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Kremlning xabar berishicha, Vladimir Putin va Mas’ud Pizishkiyon telefon orqali gaplashdi.

"Putin va Pizishkiyon Suriya qonuniy hokimiyatining harakatlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Qurolli guruhlarning tajovuzkorligi Suriya suvereniteti va barqarorligiga putur yetkazishga qaratilgan", deyiladi Rossiya prezidenti matbuot xizmati bayonotida.

O‘tgan hafta Suriyada prezident Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan isyonchi guruhlar hujum boshladi. Ular uch kun ichida Halab markaziga yetib olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kiritildi: 19:52 02.12.2024. O'qildi: 588 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!