Kreml ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Braziliya rahbari Luis Inasiu Lula da Silva bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Braziliya tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.
Etakchilar Venesuela atrofidagi vaziyat va dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashib, mamlakat suvereniteti va milliy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash borasida umumiy yondashuvga ega ekanliklarini ta’kidlashdi.
Shuningdek, Putin va Lula da Silva BMT hamda BRICS doirasida, jumladan AQSh harakatlari fonida, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.
Muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.