Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya va beshta MDH davlati «terroristlar» haqida ma’lumot almashinuvini kuchaytiradi

Rossiya va beshta MDH davlati «terroristlar» haqida ma’lumot almashinuvini kuchaytiradi

Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Bosh prokuraturalari rahbarlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash doirasida ma’lumot almashinuvini tezlashtirish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar davlatlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan «terroristik va ekstremistik tashkilotlar, guruhlar hamda shaxslar» haqida ma’lumotlarni tezkor ravishda taqdim etadi.

Shuningdek, gumon qilinayotgan radikallarning xorijdagi aloqalari, davlatlar suverenitetiga tajovuz qilishga urinishlar va xorijga chiqib ketgan yoki o‘z mamlakatiga qaytgan gumonlanuvchilar haqida ma’lumot almashiladi. Ularning qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham o‘zaro taqdim etilishi mumkin.

Hujjatda terrorchilik, diversiya va ekstremistik usullardan foydalanadigan noqonuniy harbiylashtirilgan tuzilmalar haqidagi materiallarni ham taqdim etish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, davlatlar narkotik kartellari, qurol kontrabandachilari, noqonuniy migrasiya kanallarini tashkil qiluvchilar va odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar haqida ham ma’lumot almashadi.

RBK keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada terrorizm bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud qarorlari soni ham oshib bormoqda. 2026 yilning birinchi olti oyida Rossiya sudlari terrorizmga oid ishlar bo‘yicha 1145 ta ayblov hukmi chiqargani aytilmoqda. Bu 2025 yilning shu davriga nisbatan 58 foizga ko‘p.

Shu bilan birga, Rossiyada terrorizm va ekstremizmga oid ro‘yxatlarga kiritilgan shaxslar va tashkilotlar doirasi kengayib borayotgani haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.

Kiritildi: 22:12 30.09.2026. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!