Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik xarakteriga va qadimiy hamda chuqur ildizlarga ega. Bu haqda Vladimir Putin Yerevanda ODKB sammitidan so‘ng Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 67 foizga o‘sganini qayd etildi.
O‘z navbatida, Pashinyan Putin bilan uchrashuvda mintaqada uzoq muddatli tinchlikka olib keladigan qadamlarni muhokama qilishga umid bildirdi.