Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali muloqotda ikki davlat rahbarlarining 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadigan uchrashuviga tayyorgarlikni muhokama qildi.
Bu haqda Rossiya diplomatik agentligi ma’lum qildi.
"12 avgust kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular 15 avgust kuni Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tayyorgarlikning ayrim jihatlarini muhokama qildi", — deyiladi TIV xabarida.
Tomonlar Rossiya-Amerika sammitini Alyaskada muvaffaqiyatli o‘tkazish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.