Bugun 17 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya o‘zining yadroviy qurol arsenalini modernizasiya qildi, “Burevestnik” foydalanishga tayyor

Rossiya o‘zining yadroviy qurol arsenalini modernizasiya qildi, “Burevestnik” foydalanishga tayyor

Nashrning NATO razvedkasi maxfiy hisobotiga tayanib xabar berishicha, Rossiyaning yadroviy qurol arsenalini modernizasiya qilish yakunlandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiya bir nechta yangi suv osti kemalari, o‘rta masofali raketalar va “Burevestnik” yadroviy raketa tizimiga ega bo‘ldi.

"Shimoliy Atlantika alyansi razvedkasi bir necha yillardan beri “Burevestnik” (NATO dagi nomi SSS-X-9 Skyfall) haqidagi yangiliklarni kuzatib kelmoqda. Uch hafta oldin Putin ushbu yadroviy dvigatelli qanotli raketani ishlab chiqish muvaffaqiyatli yakunlanganini va u tez orada foydalanishga topshirilishini e’lon qilgan edi.

Alyans ma’lumotlariga ko‘ra, “Burevestnik” soatiga 900 km dan ortiq tezlikda va 14000 km masofaga ucha oladi. Mutaxassislar, shuningdek, Putinning raketa nishonga tegmasdan oldin uzoq vaqt manyovr qila olishi haqidagi da’volarini tasdiqlamoqda. Amerikalik mutaxassislar raketa yadroviy dvigateli tufayli bir necha kun ucha olishi mumkinligini aytmoqda.

Kiritildi: 16:12 16.11.2025. O'qildi: 1272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!