Joriy yilning boshida bunday dronlarning uchish masofasi taxminan 30 kilometr edi, yaqinda esa bunday dron front chizig‘idan 100 kilometr uzoqlikdagi nishonga hujum qilgani qayd etildi.
"Dron nishonga mustaqil ravishda hujum qila oladi, bunga maxsus ko‘rish algoritmlari yordam beradi. Uning dasturiy-apparat majmuasi sun’iy yo‘ldosh navigasiya tizimlarisiz, faqat vizual yo‘nalish orqali ehtimoliy nishonlar hududiga kirish imkonini beradi", deb yozadi nashr.
Shuningdek, dron mustaqil ravishda nishonlarni aniqlash, tasniflash, tanlash va ularga hujum qilish qobiliyatiga ega. Ehtimol, operatordan zarba berish haqida qaror qabul qilish ham talab etilmaydi.