Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya o‘z qo‘shinlarini NATO chegaralariga joylashtirishi mumkin

Rossiya o‘z qo‘shinlarini NATO chegaralariga joylashtirishi mumkin

Finlandiya Ukraina bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Rossiya o‘z qo‘shinlarini NATO chegaralariga joylashtirishi mumkinligidan ogohlantirdi — Financial Times.

"Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo mamlakat iqtisodiyoti juda yomon ahvolda ekanini, buning asosiy sababi Rossiya tomonidan kelayotgan tahdidlar bilan bog‘liqligini aytdi. Uning ogohlantirishicha, Ukrainada tinchlik kelishuviga erishilgandan keyin ham Rossiya o‘z qo‘shinlarini NATO'ning sharqiy qanotiga, xususan Finlandiya chegarasiga ko‘chirishi mumkin, bu esa mintaqa xavfsizligiga tahdid tug‘diradi", deyiladi nashr xabarida.

Shu sababli, Finlandiya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya bilan chegaradosh mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mudofaa sohasiga ajratiladigan mablag‘larni oshirishga chaqirdi.

Kiritildi: 18:06 16.12.2025. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!