Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya urush va terrorni to‘xtatmoqchi emasligini ko‘rsatmoqda — Ukraina prezidenti

 Rossiya urush va terrorni to‘xtatmoqchi emasligini ko‘rsatmoqda — Ukraina prezidenti

Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiylari 4 iyulga o‘tar kechasi "namoyishkorona tarzda eng yirik havo hujumlaridanbiri" amalga oshirilganini aytdi.

Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, Rossiya hujumda 550 ta dron va raketadan foydalangan.

"Tunda bizning shahar va hududlarimizda havo hujumi xavfidan ogohlantirish aynan Tramp va Putin o‘rtasidagi telefon suhbati haqida ommaviy axborot vositalarida xabar berilishi bilan deyarli bir vaqtda boshlandi. Rossiya yana bir bor urush va terrorni to‘xtatmoqchi emasligini ko‘rsatmoqda", — deya ta’kidladi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya zarbalarining asosiy nishoni mamlakat poytaxti Kiyev bo‘lgan. Shuningdek, Dnepropetrovsk, Sumi, Xarkov, Chernigov va Kiyev viloyatlari ham zarba ostida qoldi. Hozirga qadar 23 kishi jarohatlangani ma’lum.

Kiritildi: 14:53 04.07.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!