"Javob choralarining aniq parametrlari bo‘yicha qarorlar AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining o‘rta va qisqa masofali yerusti raketalarini joylashtirish ko‘lamini idoralararo tahlil qilish asosida Moskva tomonidan qabul qilinadi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni "vaziyat Qo‘shma Shtatlarning o‘rta va qisqa masofali yerusti raketalari Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashtirilishi fonida rivojlanmoqda o‘zgarmoqda", deya izohladi.
"Qo‘shma Shtatlarning bunday qurollari sinovlari asosan yakunlangan yoki yakuniy bosqichda bo‘lib, ulardan ba’zilarining ommaviy ishlab chiqarilishi allaqachon boshlangan. Shuningdek, turli mintaqalarda zarur infratuzilma tayyorlanmoqda, ba’zi raketa tizimlari esa AQSh hududidan ittifoqchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uchun boshqa mamlakatlarga ko‘chirilmoqda", deya qayd etilgan bayonotda.
Rossiya TIV bu kabi raketalarni ko‘chirishga misol sifatida Daniya, Filippin va Avstraliyada o‘tkazilgan harbiy mashqlarni keltirdi. Bundan tashqari, bayonotda AQSh va Germaniyaning 2026 yilda Germaniya hududida Typhon va Dark Eagle raketa majmualarini joylashtirish rejalari alohida tilga olinadi.
Shuningdek, Rossiya Ukrainaga AQSh tomonidan yetkazib berilgan HIMARS va M270 MLRS tizimlarini ham o‘rta va qisqa masofali yerusti raketa qurilmalari deb hisoblamoqda.