Ukrainaning Sumi shahridagi savdo markaziga Rossiya droni hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sumi mintaqaviy harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Afsuski, hozirda Sumi shahridagi savdo markaziga dron hujumi natijasida uch kishi halok bo‘lgani ma’lum", deb yozgan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yana ikki kishi jarohat olgan.
Ma’lumotlar yangilanmoqda. Tozalash ishlari davom etmoqda.