9 sentyabr kuni reyd vaqtida elektr qarmoqdan foydalanib baliq ovlayotgan shaxslarning qarshiligiga uchragan Ekopolisiya inspektori Mirzo Botirov suvga tushib ketib, halok bo‘lgan.
Inspektorning jasadi 10 sentyabr kuni topilgan.
Holat yuzasidan 3 nafar shaxs ushlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 202, 219 va 102-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.