Nashrning xabar berishicha, Odessada aholining katta qismi issiqlik va elektr ta’minotisiz qoldi, shaharda jamoar transporti harakatdan to‘xtagan.
Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper tungi zarbalarni “eng yirik ommaviy hujumlardan biri” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida ikki kishi jarohat olgan, halok bo‘lganlar haqida xabar berilmagan.
Bundan tashqari, Rossiya Nikolayev viloyatiga ham zarbalar bergan. Viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Vitaliy Kimning so‘zlariga ko‘ra, Bashtanka va Nikolayev tumanlaridagi aholi punktlari elektrsiz qolgan, shuningdek, Nikolayev shahrining muhim infratuzilmasi va elektr transporti zarar ko‘rgan.
Nikolayevga uyushtirilgan zarbalar natijasida besh kishi jarohat olgan, ularning uchtasi shifoxonaga yotqizilgan.
"Dushmanimiz bugun tunda Ukrainaga hujumlarda 450 dan ortiq zarba beruvchi dron va 30 dan ortiq raketa qo‘lladi. Vaziyatni tiklash va yaxshilash uchun barcha choralar ko‘rilmoqda", — dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.