24 maydan 25 mayga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron va 69 ta raketa uchirdi, ulardan 45 tasi urib tushirildi.
Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tomonidan 9 ta "Iskander" turidagi ballistik raketa, 55 ta havo va dengizda uchiriladigan X-101 va "Kalibr" qanotli raketalari, bitta X-22 raketasi, shuningdek, to‘rtta X-59/69 aviasiya raketalari uchirilgan.
Shu bilan birga, 45 ta X-101 va "Kalibr" qanotli raketalari urib tushirildi, ikkita aviaraketa yo‘qolgan deb topildi.
Shuningdek, rekord darajadagi 298 ta dron uchirilgan (avvalgi rekord 273 ta dron edi), ulardan 266 tasi urib tushirilgan yoki zararsizlantirilgan.